» » Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorlarni davolagan 73 nafar tibbiyot xodimi o‘rin almashdi

Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorlarni davolagan 73 nafar tibbiyot xodimi o‘rin almashdi


Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida ikki hafta davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashgan 73 nafar tibbiyot xodimi bugun, 20-aprel kuni, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ularning o‘rnida tibbiyot xodimlarining navbatdagi guruhi faoliyat boshladi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

Shifoxonani tark etgan tibbiyot xodimlari Farg‘ona tumanidagi sihatgohda 14 kun davomida izolyatsiya qilinadi.

Ushbu shifoxona jamoasining xalqaro standartlar asosida olib borgan samarali davolash muolajalari tufayli shu kungacha Farg‘onada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 6 nafari butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan. Ayni paytda mazkur shifoxonada 97 nafar bemor davolanmoqda.

Ta’kidlash lozim, koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlarning har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan.

Unga ko‘ra, vrach-xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘mdan to‘lab beriladi.

Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada koronavirusga chalinganlar 97 nafarga yetdi. Bemorlar orasida hamshiralar ham bor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют