» » MDH davlatlaridan Rossiyaga pul o‘tkazmalari mart oyida 47 foizga oshdi

MDH davlatlaridan Rossiyaga pul o‘tkazmalari mart oyida 47 foizga oshdi


Mart oyida MDH davlatlaridan Rossiyaga pul o‘tkazmalari yanvar oyiga nisbatan 47 foizga oshdi. Bu haqda “Yunistrim” pul o‘tkazmalari tizimiga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga pul o‘tkazmalari orasida Armaniston, Qozog‘iston va Tojikiston yetakchilik qilmoqda. Rossiyaga pul o‘tkazmalarining oshishi xorijda qolib ketgan qarindoshlarini qo‘llab-quvvatlash sabab bo‘layotgani bilan bog‘lanmoqda.

O‘z navbatida Rossiyada xorij davlatlariga pul o‘tkazmalari yil boshidan buyon 11 foizga kamaygan.

“Chet elga o‘tkazilgan tranzaksiyalar odatdagi davrga nisbatan o‘rtacha 30 foizga kamayadi — bu pandemiya sabab chegaralarning yopilishi hamda o‘rta, kichik va mikrobizneslar faoliyatining cheklanishi fonida ro‘y bermoqda. Mehnat muhojirlarining maoshi kamayib ketdi, qarindoshlariga ko‘p pul yubora olmayapti, ayrimlar esa umuman ishsiz qoldi”, — deydi “Fridom Finans” banki boshqaruv raisi Gennadiy Salich.

2019-yil davomida Rossiyadagi jismoniy shaxslar tomonidan Tojikistonga 2 milliard 576 million dollar pul o‘tkazilgan. Bu respublikaning o‘tgan yilgi YaIMining qariyb 33 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, Tojikistondan Rossiyaga jismoniy shaxslar tomonidan 105 million dollar jo‘natilgan.

Rossiya milliy to‘lovlar kengashi rahbari Alma Obayevaning ma’lum qilishicha, koronavirus tarqalishi tufayli kelgusi oylarda Rossiyadan mehnat muhojirlari tomonidan yuboriladigan pul oqimi yanada kamayadi.

“Finam” tahlilchisi Aleksey Korenyev ham aprel oyida pul o‘tkazmalari karantin cheklovlari sabab yanada tushib ketishini bildirdi. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, transchegaraviy o‘tkazmalar to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq yaqin xorijiy davlatlardagi vaziyatni murakkablashtiradi.

Ta’kidlanishicha, fevral oyidan aprelga qadar mehnat muhojirlari uchun odatda ish mavsumi boshlanadi — aynan ushbu davr oralig‘ida ko‘pchilik pul topish maqsadida Rossiyaga keladi. Pandemiya ularning rejalarini jiddiy o‘zgartirib yuborgan va o‘tkazmalarning kamayishi mazkur vaziyatga bog‘liq.

Mavzuga doir:

Rossiya Markaziy banki statistikasiga ko‘ra, 2019-yil davomida mamlakatdagi jami pul o‘tkazmalarining 6 milliard dollari MDH davlatlariga o‘tkazilgan. O‘tkazmalarning qariyb yarmi O‘zbekiston hisobiga (3 milliard dollar) to‘g‘ri kelmoqda. Undan keyin o‘rinlarni Tojikiston (669 million dollar), Armaniston (627,6 million dollar) va Qirg‘iziston (612 million dollar) egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют