» » Neft ishlab chiqaruvchilar xaridorlarga WTI markasidagi mahsulotga qo‘shib, barreli uchun 40 dollardan to‘layapti

Neft ishlab chiqaruvchilar xaridorlarga WTI markasidagi mahsulotga qo‘shib, barreli uchun 40 dollardan to‘layapti


21-aprel Toshkent vaqti bilan 23:40 holariga ko‘ra, neft bozorida WTI markasidagi neftning yaqin oradagi fyuchersining qiymati -315,87 foizga tushib ketdi, ya’ni barrel uchun minus 39,44 AQSh dollariga baholandi. Bu haqda London birjasi ICE’dagi savdolar haqidagi ma’lumotga asoslanib, “RBK” xabar berdi.

Rossiyalik ekspert, Moskvadagi “Skolkova” boshqaruv maktabining energetika markazi vakili Yekaterina Grushevenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu moliya bozorida hali umuman kuzatilmagan holatdir.

“Bozorlardagi neft saqlash joylari to‘lib ketmagan va bunga sharoit ham bo‘lmagandi. Nima uchun bunday holatda savdolarning to‘xtatilmaganini surishtirish lozim. Tashqi bozorda neftni zararga pullash holati kuzatilmasa kerak”, — degan rossiyalik iqtisodchi.

WTI neftini iyun oyida yetkazib berish narxi ham Londondagi ICE birjasida 1 foizga, ya’ni barrel uchun 21,1 dollarga pastlaydi. Muddati uzoqroq davrga yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar karantin cheklovlarining olib tashlanishi va sohada neftga bo‘lgan talabning qayta tiklanishiga umid borligi sabab hozircha imzolanmayapti, deya xabar qilgan Financial Times.

Butun dunyoda koronavirus tarqalgani tufayli iqtisodiyotda qo‘llanilgan katta cheklovlar sabab neftning narxi keskin tushib ketgan. Neft kotirovkalarining qulashi ishlab chiqarish hajmini 10 foizga kamaytirish bo‘yicha OPEK+ kelishuvi imzolanganiga qaramay o‘zgarishsiz qoldi. Kelishuv ishtirokchilari “qora oltin” ishlab chiqarish hajmini 2022-yil apreligacha, ya’ni narxlar barqarorlashmaguniga qadar kamaytirishga rozi bo‘lgan. Kelishuv may oyidan kuchga kiradi.

Telegram’dagi Bakiro kanalida e’lon qilingan postda esa ushbu vaziyatga shunday izoh berilgan:

Neftning WTI navi ayni damda spot va may oyi fyucherslari uchun shakllangan salbiy narxlarini tushunmayotganlar uchun ikki og‘iz.

Manfiy narx — bu ishlab chiqaruvchilar sotib oluvchilarga qazilgan neftni olib ketishgani uchun to‘lanadigan komissiya. Nega? Chunki Shimoliy Amerika bozori uchun xarakterli WTI nefti uchun saqlagani joyning o‘zi qolmagan, omborlar to‘lib bo‘lgan va tankerlar band.

Kanalda ishlab chiqaruvchilarning xaridorlar uchun to‘lashga rozi bo‘layotganining sababi ham tushuntirilgan.

Sabab oddiy. Maqsad — xaridorlarni ushlab qolish. Ayni damda bitimlar yetkazib berish bilan bog‘liq emas, aksar bitimlar yetkazib berish huquqi xolos.

Yana bir sabab nasoslarni to‘xtatib, quduqlarni hozir yopib, qayta ochish o‘ta murakkab va qimmat jarayonligi bilan bog‘liq. Bitta quduqni rezervatsiyaga o‘tkazish va qayta ochish shartli ravishda 2 million AQSh dollariga tushadi. Quduqni yana 1 oy ishlatish va xaridorlarga komissiya to‘lash esa 1 million dollarga aylanadi. Hammasiga yana nisbiy afzallik sababchi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют