» » Yozef Blatter: FIFAdan Rossiya sabab ketmaganman, biz Platinini to‘xtatmoqchi bo‘lgandik

Yozef Blatter: FIFAdan Rossiya sabab ketmaganman, biz Platinini to‘xtatmoqchi bo‘lgandik


FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter FIFA prezidentligi va futboldan chetlatilishi voqealarini yodga oldi.

AQSh JCh—2018 va JCh—2022 musobaqalarining mezbonligini aniqlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani borasidagi ishlarni qayta ko‘tarayotganiga qanday qaraysiz?

— Xabaringiz bor, bu masala bo‘yicha o‘tgan galgi sud majlislarida guvoh sifatida qatnashganman, shu sabab bundan hayron qolmadim. Rossiyadagi Jahon Chempionatini 2018-yilda o‘tib ketganini inobatga olib aytsak, bu masalaga qaytish vaqti emas deb hisoblayman. Nimaga yakunlanib bo‘lgan chempionatga hujum qilasiz?

Qayd etish joiz, AQSh chempionat Rossiyada o‘tishiga qattiq qarshilik bildirgan va Qatardagi musobaqaga u qadar kuchli to‘sqinlik qilmagan. Ular 2014—2015-yillardan, Syurixdagi FIFA kongressiga kelgan paytdan boshlab Rossiya variantiga qarshi chiqa boshlagan. Hozirda AQShga bog‘liq hech narsa meni ajablantirmay qo‘ygan.

— Koloskovning (Rossiya futbol ittifoqi sobiq prezidenti) fikricha, sizni Rossiyaga qarshi chiqmaganingiz uchun futboldan chetlatishgan. Bunga qanday qaraysiz?

— Do‘stim Vyacheslavga shuni aytishim kerak, bu umuman noto‘g‘ri. Men Rossiya sabab futboldan chetlatilganim yo‘q. Biz FIFA prezidentligi lavozimini egallashni istayotgan Platinini to‘xtatmoqchi bo‘ldik. Men bu lavozimga shunchaki kelib qolmaganman, balki 2019-yilga qadar saylanganman. Rossiyaning bunga hech qanday aloqasi yo‘q, u adashyapti, — deydi Blatter.

Mavzuga doir: “JCh—2022 mezbonligini AQSh yoki Yaponiyaga berish mumkin” — FIFA sobiq prezidenti

Eslatib o‘tamiz, shveysariyalik funksioner 2015-yilda korrupsiyada ayblanib FIFA prezidentligidan olingan va sakkiz yil muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgandi. 2016-yilda FIFA apellyatsiya qo‘mitasi ushbu muddatni olti yilga qisqartirgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют