» » Toshkent shahridagi xususiy mehmonxonalarda tashkil qilingan karantin hududlarida kimlar saqlanishi aytildi

Toshkent shahridagi xususiy mehmonxonalarda tashkil qilingan karantin hududlarida kimlar saqlanishi aytildi


AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov Toshkentdagi xususiy mehmonxonalarda tashkil qilingan karantin hududlarida kimlar saqlanishi haqida ma’lumot berdi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumonlanuvchi shaxslarni shahar ichidagi xususiy mehmonxonalarga 14 kunlik karantinga joylashtirish epidemiologik va huquqiy jihatdan qanchalik oqilona va qonuniyligi to‘g‘risida savol berildi.

Toshkent shahri ichkarisidagi xususiy mehmonxonalarda tashkil qilingan karantin hududi virus yuqtirganlikda gumondorlar emas, balki ishlashda davom etayotgan tashkilot va idora xodimlari uchun. Ular uchun alohida transport yo‘lga qo‘yilgan. Mehmonxona atrofi maxsus qo‘riqlanadi va bu jarayon masofani saqlanganda, qo‘shnilar uchun xavf tug‘dirmaydi.

Habibulla Oqilov, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi

Avvalroq Toshkent shahrida jamoat transportlari qatnovi to‘xtatilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidan poytaxtga qatnab ishlovchi fuqarolarga hamda ular ishlayotgan korxona, tashkilot va muassasalarga transport xizmatini tashkil etishda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin davri uchun yangi tartiblar e’lon qilindi

Eslatib o‘tamiz. Toshkent shahri hududi 24-martdan boshlab yopib qo‘yilgan, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan, shuningdek, mamlakatda dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют