» » Kelgusida xorijga chiqishda koronavirusga chalinmaganlik haqida ma’lumotnoma berishning imkoni yo‘qligi aytildi

Kelgusida xorijga chiqishda koronavirusga chalinmaganlik haqida ma’lumotnoma berishning imkoni yo‘qligi aytildi


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov kelgusida xorijga chiqishda koronavirusga chalinmaganlik haqida ma’lumotnoma berilmasligini aytdi. Bu haqda u Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida izoh bergan.

Fuqarolar tomonidan “So‘nggi paytlardagi vaziyatni inobatga olgan holda, endilikda yil davomida O‘zbekistondan boshqa mamlakatga chiqishda koronavirus bilan kasallanmaganlik haqida ma’lumotnoma talab etiladimi? Qatnash va uchishga baribir to‘g‘ri keladi, busiz biznes yiliga ketma-ket ikkinchi marta o‘ladi. Hozirning o‘zidayoq Emirates kompaniyasi shunday ma’lumotnoma so‘ramoqda. O‘zbekistonda virusga test topshirib, ana shunday ma’lumotnoma olish rejalashtirilmoqdami va qachonga reja qilinmoqda?”, — degan savol kelib tushgan.

Mavzuga doir: Bahrom Almatov: “Shu vaqtgacha 136 000 ta test sinovlarini o‘tkazdik”

Oqilov bunga javoban insonning koronavirus bilan kasallanmaganligi haqida ma’lumotnoma berishning imkoni yo‘qligini bildirgan. Shuningdek, o‘tkazilgan tahlil javobi qaysi muddatgacha amal qilishi katta so‘roq ostidaligini ham ma’lum qilgan.

“Hozirda bir qator xususiy shifoxonalarga ham koronavirus infeksiyasi uchun tahlil o‘tkazishga ruxsa berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, — deya takrorlab o‘tgan.

Avvalroq O‘zbekistonda aholi yoppasiga koronavirusga test qilinmasligi, bu imkonsiz va maqsadga muvofiq emasligi, har bir test tizimi o‘tkazilganidan keyingina o‘zini oqlashi kerakligi, iqtisodiy jihatdan ham befoyda bo‘lmasligi zarurligi aytilgan. Shuningdek, xorijdan kelganiga bir oy bo‘lgan fuqarolar karantinga majburiy tartibda joylashtirilmasligi haqida ham ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 19-aprel kuni O‘zbekistonda karantin davri uchun yangi tartiblar e’lon qilingan bo‘lib, unda nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shartnoma asosida 2020-yil 1-sentabrga qadar koronavirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishlariga ruxsat berilishi xabar qilindi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют