» » Andijondagi 28 ta bozorda dezinfeksiya qiluvchi tunnel va sanitariya postlari o‘rnatildi

Andijondagi 28 ta bozorda dezinfeksiya qiluvchi tunnel va sanitariya postlari o‘rnatildi


Andijon viloyatidagi 28 ta dehqon bozorlarining kirish qismiga dezinfeksiya qiluvchi tunnel va sanitariya postlari o‘rnatildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov.

Bozorlarda dezinfeksiya tunnellarni o‘rnatish andijonlik yoshlardan chiqqan taklif bo‘lib, tunnellarni ishlab chiqarishga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi homiylik qilmoqda.

“Bozorlar, aholi ko‘p to‘planadigan jamoat joylariga o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan dezinfeksiya tunneli, shubhasiz, kasallik tarqalishining oldini olishga yordam beradi. Har biri 200 litr miqdorda ikki turdagi antiseptik suyuqlik bilan to‘ldiriladigan tunnellar maxsus qurilmalar yordamida tunneldan o‘tayotganlarni dezinfeksiya qiladi. Dezinfeksiya jarayonida shaxsning tanasi va qo‘li uchun boshqa-boshqa turdagi antiseptik suyuqliklardan foydalaniladi”, — deydi loyiha tashabbuskorlaridan biri, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Shahrizod Musabekov.

Ma’lum bo‘lishicha, tunnel bozordan tashqari karantin davrida faoliyat olib borayotgan Andijon shahridagi “Bobur M&F” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Asaka shahridagi “Asaka don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining kirish qismlariga ham o‘rnatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют