» » “Barselona”ning 2019-yil La Ligada urgan eng chiroyli 5 ta goli bitta sahifada (video)

“Barselona”ning 2019-yil La Ligada urgan eng chiroyli 5 ta goli bitta sahifada (video)


Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo bo‘ylab deyarli barcha sport musobaqalari to‘xtatildi. Shu jumladan, futbol bo‘yicha musobaqalar ham. “Daryo” muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib boradi. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida “Barselona” klubining La Liga doirasida 2019-yildagi eng chiroyli gollari taqdim etiladi. Gollar reytingi beIN Sports talqiniga ko‘ra tuzib chiqilgan.

“Barselona” o‘z muxlislari qarshisida haqiqiy shouni tashkillashtirib bergandi. Agar gollar o‘nligi tuzilganida “Barsa”ning ushbu bahsdagi barcha goli undan o‘rin olgan bo‘lardi. Messi jarima maydoni tashqarisida to‘pni qabul qilib oladi va o‘z uslubida uni darvozaga joylab qo‘yadi.

2018/19-yilgi mavsum birinchi davrasida o‘z maydonida yutqazib qo‘ygan katalon klubi mazkur bahsga o‘ziga xos alamzadalik bilan yetib keladi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritadi. Luis Suaresning bir o‘zi “Betis” himoyasini yorib o‘tib osonlik bilan uchinchi golni urgandi.

Shu o‘yindagi yana bir gol kuchli beshlikka kirdi. Messining zargarona zarbasi orqali kiritilgan ushbu gol FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi gol nomiga da’vogarlik qilgandi. Biroq mazkur reytingda u faqat uchinchi o‘rindan joy oldi.

Suares uchrashuvdagi ilk golni “qaychi” uslubida kiritgandi. Keyinchalik Xulen Lopetegi shogirdlari o‘z darvozasidan yana uchta to‘p olib chiqadi, “Barselona” esa uchrashuvni 9 futbolchi bilan yakunlaydi.

Suaresdan yana bir shedevr! Frenki de Yongdan to‘pni qabul qilib olgan urugvaylik futbolchi antiqa usulda tovoni bilan zarba bergan holda chiroyli golga muallif bo‘ladi. Mazkur shedevr va Son Hyon Min ijrosidagi super gol 7-dekabr oqshomining haqiqiy bezagiga aylangandi. Bu gollar hali ko‘plab reytinglarda yetakchilik qilsa kerak...

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют