» » Google jonivorlarning uch o‘lchamli modelini real hayotda aks ettirish imkonini taqdim etdi

Google jonivorlarning uch o‘lchamli modelini real hayotda aks ettirish imkonini taqdim etdi


Google qidiruv tizimida ayrim uch o‘lchamli obyektlarni topish va ularni qo‘shimcha reallik rejimida tomosha qilish imkoniyati mavjud, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Bu esa smartfon yordamida virtual obyektlarni qurilmaning kamerasi orqali reallikka ko‘chirish mumkin degani.

Sodda qilib aytganda, smartfon ekranidagi obyekt xuddi yonginangizda turgandek ko‘rinadi. Buning uchun o‘ta zamonaviy smartfon kerak bo‘lmaydi. Android 7.0 boshqaruvidagi hamda Google Play o‘rnatilgan smartfon bo‘lsa, yetarli.

iOS uchun operatsion tizimning 11-versiyasi hamda iPhone SE, iPhone 6S, 7-avlod iPod touch yoki 5-avlod iPod kabi qurilmalardan biri kerak bo‘ladi. To‘liq ro‘yxat bilan mazkur havolada tanishish mumkin.

Shunday qilib, uch o‘lchamli jonivorni xonangizda ko‘rish uchun hech qanday qo‘shimcha dastur o‘rnatish shart emas. Brauzerning o‘zi yetadi. Google Chrome yoki Safari’ga kirib, biron jonivorning nomini yozamiz.

Masalan, “o‘rdak” so‘zini kiritamiz. Qidiruvga berayotganda “o‘rdak 3D” emas, oddiy “o‘rdak” deb yozish kifoya.

Bizga jonivor haqidagi asosiy ma’lumotlardan iborat karta kerak. Bu smartfonda, odatda, qidiruv natijalarining boshida ko‘rinadi.

Uch o‘lchamli jonivorning qo‘shimcha reallikda ochish uchun “3D da tomosha qilish” tugmasini bosamiz. Jonivorning modeli aks etgan yangi oyna ochiladi. Ekranning ustki qismida “DR” (Qo‘shimcha reallik) va “Obyekt” so‘zlari ko‘rinadi.

Birinchi oyna jonivorni qo‘shimcha reallikda ko‘rsatadi, ikkinchisi esa uni ekranda ko‘rish imkonini beradi. Bundan tashqari, jonivorni ekranning istalgan qismiga olib borish, uni kattalashtirish yoki kichraytirish imkoni ham bor. Katta mushukni yoningizga o‘tqazib qo‘yishga hech kim xalal bermaydi.

Qidiruv tizimida quyidagi jonivorlarning uch o‘lchamli modelini tomosha qilishingiz mumkin:

Qayd etilishicha, jonivorlar ro‘yxati to‘ldirib borilmoqda. Masalan, Pasxa quyoni yaqinda qo‘shilgan.

Bundan tashqari, nafaqat jonivorlar, balki sayyoralarni ham uch o‘lchamda ko‘rish mumkin. Qidiruvda sayyoraning ingliz tilidagi nomi va in depth deb yozilsa bo‘ldi.

Sayyoralarni izlash biroz qiyin, chunki ularning modeli NASA’ning saytiga bog‘langan. Tizim esa har doim ham NASA saytini birinchi bo‘lib ko‘rsatavermaydi.

Mavzuga doir: Samsung televizorlari qutisidan uy hayvonlari uchun uycha yasash mumkin bo‘ladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют