» » AQSh sudi Gofur Rahimovning sanksiyalar royxatidan chiqarilishini sorab yozgan arznomasini rad etdi

AQSh sudi Gofur Rahimovning sanksiyalar royxatidan chiqarilishini sorab yozgan arznomasini rad etdi


Vashington sudi ozbekistonlik tadbirkor, Xalqaro boks assotsiatsiyasining sobiq prezidenti Gofur Rahimovning AQShning uyushgan jinoyatchilik uchun kiritiladigan sanksiyalari royxatidan chiqarish haqidagi arznomasini rad etdi.Bu haqda AQSh sud tizimining elektron malumotlar bazasida elon qilingan rasmiy hujjatlarga tayanib, TASS xabar berdi.

AQShMoliya vazirligining sanksiyalar qollanishining qonuniyligi uchun javob beruvchi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) 2012-yilda Rahimovni Sobiq Ittifoq fuqarolari tashkil etgan Birodarlik halqasi xalqaro jinoiy tarmogi faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilib, unga nisbatan sanksiyalar kiritgan. 2017-yilda AQSh Moliya vazirligi Gofur Rahimovga qarshi kiritilgan sanksiyalarni ozgartirib, uni jinoiy avtoritetlar tarmogini qollab-quvvatlashda ayblagan. Oz navbatida Rahimov ushbu qarorni noqonuniy deb atab, oziga qoyilayotgan ayblovlarning nimaga asoslangani unga malum qilinmaganini aytgan.

Sud arzchining sanksiyalar royxatiga kiritilgani asosli bolgani va joriy tartibda u boyicha bahslashish samarasiz ekanligi haqidagi qarorga keldi. Moliya vazirligining maxfiy malumotlari Rahimovning (ehtimoliy) jinoyatlari va qonundagi ogrilarning jinoyatlari ortasida bogliqlik borligini tasdiqlaydi. U sudga ushbu qarorni rad etuvchi birorta malumot taqdim qilmagan va faqatgina bu malumotlar yetarlicha asoslanmaganligini aytish bilan kifoyalangan, deyilgan federal sudya Jeyms Bosberg qarorida.

Agar arzchi ozining sanksiyalar royxatidan chiqarilishi haqidagi arznomasi boyicha Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasining qarorini notogri yoki yetarlicha asoslanmagan deb hisoblasa, u chiqarilayotgan qaror boyicha sudda bahslashishi mumkin, deb aytgan sudya.

Mavzuga doir:Gofur Rahimov Ozbekiston IIV qidiruvidagi shaxslar royxatidan ochirildi

Eslatib otamiz,AIBA sobiq prezidenti Gofur Rahimov 2019-yilning iyulida tashkilot rahbarligi lavozimini butunlay tark etgandi. Shu yilning sentabrida esa AQSh Moliya vazirligi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi ustidan sudga arz qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-04-2020, 10:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -