» » “Tom va Jerri” multiplikatori 95 yoshida vafot etdi

“Tom va Jerri” multiplikatori 95 yoshida vafot etdi


Pragada “Tom va Jerri” multfilmi yaratuvchilardan biri amerikalik multiplikator-rassom Jin Deych vafot etdi. Bu haqda marhumning matbuot agenti Petr Ximmelga tayanib, AP xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Deych 17-aprel kechasi olamdan o‘tgan. Rassomning o‘limiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Deych 95 yoshda bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, rejissor umrining so‘nggi kunlarini Pragadagi uyida o‘tkazgan.

Jin Deych “Tom va Jerri” multiplikatsion serialning o‘n uchta epizodida rejissor sifatida ishtirok etgan, shuningdek, “Dengizchi Papay” multseriali ustida ham ishlagan. Bundan tashqari, u “Monro” va “Nudnik” kabi multfilmlarni, shuningdek, “Tom Terrifik” multserialini yaratgan. 1960-yilda ekran yuzini ko‘rgan qisqa metrajli “Monro” multfilmi “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Mavzuga doir: “Tom va Jerri” motivlari asosida to‘liq metrajli film suratga olinadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют