» » A Seriya qaror qildi: Italiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi oxirigacha o‘ynab qo‘yiladi

A Seriya qaror qildi: Italiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi oxirigacha o‘ynab qo‘yiladi


Koronavirus sabab to‘xtab qolgan futbol bo‘yicha Italiya chempionatining joriy mavsumi oxirigacha o‘ynab qo‘yiladi. Bu borada A Seriya ligasining 20-aprel kungi bo‘lib o‘tgan majlisida qaror qabul qilindi.

“Italiya A Seriyasi kengashi bir ovozdan 2019/20-yilgi mavsumni oxirigacha o‘ynab qo‘yish qaroriga keldi. Bu Italiya hukumatining roziligi bilan, barcha ishtirokchilar salomatligi va xavfsizligi ta’minlangan holda bo‘lib o‘tadi.

Sport aktivligining qayta boshlanishi FIFA va UEFA tavsiyalari, Italiya futbol federatsiyasi qarori, shuningdek, futbolchi va xodimlarni himoya qilish borasida tibbiyot yo‘riqnomalariga muvoffiq bo‘ladi”, — deyiladi A Seriya bayonotida.

Football Italia nashrining xabar qilishicha, “Torino”, “Sampdoriya”, “Bolonya”, “Parma”, SPAL, “Breshiya” va “Udineze” kabi jamoalar mavsumni qayta boshlashga qarshi chiqqan.

Avvalroq Ispaniya La Ligasi ham mavsumni tugatib qo‘yish borasida qaror qabul qilgandi.

Italiyada 21-aprel holatiga koronavirus yuqtirib olganlar soni 181 mingdan oshdi. 49 ming nafarga yaqin kishi sog‘ayib ketgan bo‘lsa, 24 mingdan ziyod qurbon berilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют