» » Xitoy va Janubiy Koreyada koronavirusga chalinishlar soni kamaymoqda

Xitoy va Janubiy Koreyada koronavirusga chalinishlar soni kamaymoqda


Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 11 ta holat aniqlandi, 22 kishi tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi.

Aniqlangan 11 holatning 4 tasida koronavirus chetdan, qolgan 7 ta holatda mamlakatning o‘zida yuqtirilgan. Ayni paytda 811 kishi kasallangan, deb hisoblanmoqda, ulardan 44 nafarining ahvoli og‘ir. Shuningdek, kasalxonalarda yana 1003 nafar bemor qolmoqda, ularning 82 nafari og‘ir ahvolda. 37 kishida kasallik alomatlarsiz kechmoqda.

Bugungi kunda Xitoyda umumiy hisobda 83 849 kishi koronavirusga chalingani tasdiqlangan, 4 636 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Xitoy Uxandagi koronavirus qurbonlari soniga aniqlik kiritdi: vafot etganlar soni 1290 kishiga ko‘p bo‘lib chiqdi

Janubiy Koreyada esa bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 9 ta holat aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 10 683 kishiga yetdi. Kasallanganlarning 99 nafari tuzalgan, vafot etganlar soni 237 kishiga yetdi. Avvalroq vafot etganlar soni 236 kishini tashkil qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, mamlakatda yangi kasallanishlar sonining kamayishi sababli hukumat ijtimoiy masofalanish rejimini yengillashtirilgan shaklda 5-maygacha uzaytirdi. Istirohat bog‘lari va dam olish maskanlari qayta ochiladigan bo‘ldi, sport, diniy va ko‘ngilochar muassasalarga o‘z faoliyatini cheklangan holda davom ettirishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, fuqarolardan hali ham gavjum joylarga bormaslik, uydan zaruratsiz chiqmaslik va barcha profilaktik tadbirlarga rioya qilish talab qilinmoqda.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha 547 mingdan ortiq test o‘tkazilgan. Koronavirusdan davolanib, kasalxonadan javob berilganidan keyin ham kamida 181 kishi organizmida virus borligi aniqlangan. KCDC virus qaytadan aniqlanishining ehtimoliy sabablarini o‘rganmoqda.

Mavzuga doir: Janubiy Koreyada koronavirusdan tuzalgan o‘nlab insonlarda yana COVID-19 aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют