» » Foto: “BelAZ” tasodifan “KamAZ”ni bosib ketdi

Foto: “BelAZ” tasodifan “KamAZ”ni bosib ketdi


Sverdlov viloyatida joylashgan Kachkanar tog‘-kon kombinati karyerida 130 tonnali “BelAZ” yoqilg‘i quyishga mo‘ljallangan “KamAZ”ni bosib ketdi, deb xabar beradi Motor.

Suratlarga ko‘ra, avariya “KamAZ” karyer samosvaliga yoqilg‘i quyib bo‘lganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, “BelAZ” haydovchisi yoqig‘i quyuvchi mashina ishini tugatdi, deb o‘ylab ertaroq harakatga kelgan.

Avariya oqibatida hech kimga jarohat yetmagan: “KamAZ” haydovchisi to‘qnashuvga bir necha soniya qolganida kabinadan chiqishga ulgurib qolgan. Biroq “KamAZ” kabinasini endi tiklab bo‘lmaydi.

Suratlarga qaraganda “KamAZ” bilan to‘qnashuvda “BelAZ-75585” ishtirok etgan. Ushbu model 1000 ot kuchiga ega bo‘lib, soatiga 60 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Samosvalning balandligi 5,34 metrga, eni esa 6,4 metrga teng. Yuk mashinasining og‘irligi 74 tonnani tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют