» » O‘zbekiston banklarida dollar kursi 10 200 so‘mga yetdi

O‘zbekiston banklarida dollar kursi 10 200 so‘mga yetdi


O‘zbekistonning bir qator banklari 21-apreldan boshlab 1 AQSh dollarini 10 150 so‘mdan sotib olib, 10 200 so‘mdan sotmoqda.

Xususan, “Kapitalbank” 1 AQSh dollarini 10 180 so‘mdan sotib olib, 10 200 so‘mdan sotayotgan bo‘lsa, “O‘zmilliybank” 10 150 so‘mdan sotib olib, 10 200 dan sotmoqda.

20-aprel kuni Markaziy bank xorijiy valyutalar kursini yangiladi. AQSh dollari o‘sishda davom etdi, biroq bu safar 17 so‘mga qimmatlashgan. Valyuta birjasida esa 1 AQSh dollari 21 so‘mga arzonlashgan ham.

Eslatib o‘tamiz, 14-aprelda O‘zbekiston banklarida 1 AQSh dollari 9850 so‘mgacha ko‘tarilgan, kun yakunida esa 10 ming so‘mdan oshgandi, 15-aprelda O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10,1 ming so‘mdan oshdi.

Mavzuga doir:

Markaziy bank raisi dollar kursi keskin ko‘tarilganiga izoh berib, bozor devalvatsion kutilmalar hisobga olinib, talab va takliflar asosida shakllantirilsa, o‘zi ma’lum muvozanatga kelishini aytgandi. Shuningdek, Markaziy bank chet el valyutasini sotib olish yoki sotish bo‘yicha hech qanday cheklov yoki to‘siqlar o‘rnatilmaganini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют