» » Saudiyalik investorlar Angliyaning “Nyukasl” futbol klubini 345 mln yevroga sotib oladigan bo‘ldi

Saudiyalik investorlar Angliyaning “Nyukasl” futbol klubini 345 mln yevroga sotib oladigan bo‘ldi


Saudiya Arabistoni hukumatiga tegishli fond “Nyukasl” futbol klubini 345 million yevro evaziga sotib olish borasida kelishuvga erishdi, deya xabar qilmoqda Daily Mail.

Hozirda hujjatlar Angliya Premyer Ligasi rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, bunga 3-4 hafta vaqt ketadi. Saudiya Arabistonidan bo‘lgan investorlar klubning 80% aksiyasiga ega bo‘ladi, yana 10 foizdan PCP Capital Partners vositachisi Amanda Steyvli va aka-uka Rubenlarga tegadi.

Barcha hujjatlar imzolangan va hatto klubning bo‘lajak egasi bankka depozit qo‘ygan, liga kelishuvni imzolashi bilan pul klubning hozirgi egasi Maykl Eshli hisobiga tushadi.

“Nyukasl” prezidenti etib Yosir al-Rumayyan tayinlanadi. Dunyoning yirik neft kompaniyalaridan biri Saudi Aramco direktorlar kengashi raisi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning yaqin ittifoqchisi hisoblanadi. Aynan shahzoda ingliz klubini sotib olish g‘oyasini ilgari surgan va unga homiylik qilmoqda.

“Nyukasl” APL joriy mavsumi 29-turidan so‘ng 35 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Avvalroq klub bosh murabbiylikka Massimiliano Allegri va Rafael Benites nomzodini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют