» » Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar 590 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar 590 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 22 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha so‘nggi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Shunday qilib, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 590 kishiga yetdi.

Kasallikka chalinish holatlari, asosan, O‘sh viloyatida qayd etilgan — 150 kishi. Undan keyingi o‘rinda Bishkek (123 kishi) va Jalolobod viloyati (105 kishi) joylashgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha eng kam holatlar Issiqko‘l va Botken viloyatlarida qayd etilgan — mos ravishda 8 va 6 kishi.

Respublikaning Talas viloyatida kasallikka chalinish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.

Ayni vaqtda 367 kishi statsionarda davolanmoqda, ularning 5 nafari jonlantirish bo‘limida. Qirg‘izistonda pandemiya boshlanganidan buyon 7 kishi vafot etgan, 216 kishida virusdan davolangan.

Avvalroq Qirg‘izistondagi kasalxonada barcha tibbiyot xodimlari koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda esa 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 261 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют