» » Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 170 ming kishidan oshib ketdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 170 ming kishidan oshib ketdi


Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 170 ming kishidan oshib ketdi, kasallanganlar esa 2,5 million kishiga yaqinlashmoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda dunyo bo‘yicha kasallanganlarning umumiy soni 2 478 534 kishini tashkil etmoqda, 170 389 kishi vafot etdi, 645 mingdan ortiq bemor tuzaldi.

Qurbonlarning yuz mingdan ortig‘i beshta davlat hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — AQSh (42,3 ming), Italiya (24,1 ming), Ispaniya (20,8 ming), Fransiya (20,2 ming) va Buyuk Britaniya (16,5 ming).

Mavzuga doir: Dunyo mamlakatlari shifoxonalaridagi hayot va o‘lim — suratlarda

O‘zbekistonda esa 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 5 nafari vafot etdi, 261 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: Dunyoda koronavirusni yengish uchun cheklovlarga sabr qilishga tayyor odamlar soni oshmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют