» » Xususiy tibbiyot tashkilotlari hozircha koronavirus tahlilini o‘tkazish jarayoniga jalb etilmasligi ma’lum qilindi

Xususiy tibbiyot tashkilotlari hozircha koronavirus tahlilini o‘tkazish jarayoniga jalb etilmasligi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda xususiy tibbiyot tashkilotlari hozircha koronavirus tahlilini o‘tkazish jarayoniga jalb etilmasligi ma’lum qilindi. Bu haqda 21-aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov xabar bergan.

Avvalroq nodavlat tibbiyot tashkilotlariga barcha talablarga rioya qilgan holda 2020-yil 1-sentabrgacha koronavirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishlariga ruxsat berilishi aytilgan edi.

Oqilov fuqarolarning ushbu testlar qay tartibda o‘tkazilishi, ekpress-testlar, ayni testlarning aniqlik darajasi necha foizni tashkil etishiga doir savollariga izoh bergan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 150 mingga yaqin kishi koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan 

Jumladan, shtab a’zosi xususiy tibbiyot tashkilotlariga tahlil o‘tkazish uchun ruxsat berilishi borasida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Biroq tahlillar asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining laboratoriya tahlillarini o‘tkazish imkoniyatlari yetarli ekanligi aniqlanganini bildirdi. Xulosaga ko‘ra, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasini aniqlash borasida tahlil o‘tkazish jarayoniga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb etishga hojat yo‘qligi aytilgan.

Ayni paytda polimer zanjir reaksiyasi (PZR) yordamida  laborator tekshirish o‘tkazilayotgani, uning o‘ziga xosligi, sezgirligi va aniqligi darajasi eng yuqori ekanligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ekspress testlar o‘tkazilmayotganligi aytildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют