» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi: “O‘zbekiston koronavirus bo‘yicha istalgan voqealar rivojiga tayyor”

Koronavirusga qarshi kurash shtabi: “O‘zbekiston koronavirus bo‘yicha istalgan voqealar rivojiga tayyor”


Koronavirusga qarshi kurash shtabi O‘zbekiston koronavirus infeksiyasining tarqalishi bo‘yicha istalgan voqealar rivojiga tayyorligi ta’kidlandi.

Bu haqda 21-aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi.

Jumladan, fuqarolar tomonidan O‘zbekistonda infeksiyaga chalingan bemorlar uchun qancha shifo o‘rinlari (koykalar) tashkil etilgani, sog‘liqni saqlash tizimining tayyorgarligi, tibbiyot xodimlari borasidagi savolga to‘xtalib o‘tildi.

Mavzuga doir: Kelgusida xorijga chiqishda koronavirusga chalinmaganlik haqida ma’lumotnoma berishning imkoni yo‘qligi aytildi

Hozirgi kunda Respublika maxsus komissiyasi koronavirus bo‘yicha vaziyat rivojlanishining turli ehtimoliy talqinlariga hozirlanayotgani

Shu jumladan, shifoxonalarda birinchi, ikkinchi, uchinchi tartibda shifo o‘rinlarining (koykalar) yetarlicha zaxirasi yaratilgani, dori-darmon, himoya va dezinfeksiya vositalari zaxirasi borligi, kerakli tibbiyot uskunalari, shu jumladan, sun’iy nafas oldirish apparatlari xarid qilinayotganligi aytildi.

Mavzuga doir: O‘rta Chirchiqda 5 kunda quriladigan 10 ming o‘rinli kasalxona uchun “konteyner-palata”larning birinchi partiyasi tayyor bo‘ldi (video)

Barcha ixtisoslikdagi shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining koronavirus sharoitida ishlash uchun onlayn ta’lim olish jarayoni davom etayotganligi ham qo‘shimcha qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan barcha cheklovlar 2020-yilning 10-mayiga qadar uzaytirilgan. Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 261 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют