» » Gurbanguli Berdimuhamedov velosayr davomida velosipedchiga atab qurilayotgan monumentni ko‘zdan kechirdi

Gurbanguli Berdimuhamedov velosayr davomida velosipedchiga atab qurilayotgan monumentni ko‘zdan kechirdi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 19-aprel kuni velosipedda sayr qilib, Ashxobodning janubiy qismida qurilayotgan yangi binolarni ko‘zdan kechirdi.

TDH davlat axborot agentligining xabar berishicha, velosayr Turkmaniston davlat gerbida tasvirlangan axaltekin zotidan bo‘lgan Yanardag‘ oti sharafiga o‘rnatilgan yodgorlikdan boshlangan.

Sayr chog‘ida prezident Ashxobodning janubida qurilayotgan inshootlar: Xalq maslahati apparati majmuasi, kongress-markaz, mehmonxona, shuningdek, “Turkmanboshi” va “Senegat” banklari binolarini borib ko‘rgan.

Bundan tashqari, Berdimuhamedov velosipedchiga atab qurilayotgan yodgorlikni ham ko‘zdan kechirgan. U may oyida, Velosiped kuni arafasida, ochilishi rejalashtirilgan.

Xabarda aytilishicha, Berdimuhamedov velosipedda 20 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, Betaraflik (Neytralitet) yodgorligi oldida velosayrni tugatgan.

Qayd etilishicha, inqiroz va daromadlar pasayishi tufayli Gurbanguli Berdimuhamedov qurilishni qisqartirish va faqat eng zarur obyektlarni qurishni buyurgan.

Mavzuga doir: AQSh elchixonasi: “Turkmaniston mamlakatda koronavirus aniqlanganida ham uni tan olmasligi mumkin”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 15) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют