» » Buxoroda koronavirusga chalinganlar 388 nafarga yetdi. Bemorlar orasida yuk avtomobili haydovchilari bor

Buxoroda koronavirusga chalinganlar 388 nafarga yetdi. Bemorlar orasida yuk avtomobili haydovchilari bor


Buxoro viloyatida joriy yilning 20-aprel holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni yana ikkitaga ko‘payib, 388 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligida tashkil etilgan shtab mas’uli, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimi Salim Rahimov ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bemorlarning 68 nafari to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiyaga kuzatilgan. Hozirda 320 nafar bemor davolanmoqda.

“Daryo” manbasining qo‘shimcha qilishicha, 20-aprel kuni kasallikka chalingani aniqlangan ikki nafar bemor Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan.

Aniqlanishicha, haydovchilardan biri joriy yilning 27-martida Buxorodan Ozarbayjonning Baku shahriga borgan va u yerda ikki kun bo‘lgan. Bakudan Volgograd, keyin Tojikiston respublikasiga o‘tgan. 14-aprel kuni Buxoroga qaytgan. 19-aprelda esa viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari (SEOM)ning virusologiya laboratoriyasida polimer zanjir reaksiyasi (PZR) usulida tekshirilganda, COVID-19’ga gumon qilingan.

Ikkinchi bemor esa joriy yilning 1-aprelidan boshlab mehnat ta’tilida bo‘lgan. 16-aprel kuni qizining tana harorati ko‘tarilgani sababli tez tibbiy yordam chaqirgan. Laboratoriyada tekshirilganda, koronavirusga chalinganlikda gumon qilingan. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar, ularning yaqinlarida hamroh kasalliklar va  sog‘ligi to‘g‘risida shikoyat yo‘qligi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroga charter reyslar orqali xorijdan qaytgan fuqarolar viloyatdagi mavjud 15 ta karantin zonalariga yotqizilgan edi. Hozirga qadar karantin muddatini o‘tagan 79 nafar fuqaroda kasallik chiqmagani bois, ular uyiga qaytarilgan. Shuningdek, 729 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantin muddatini o‘tamoqda.

Chet eldan qaytgan fuqarolarning oila a’zolari bilan birga bugunga qadar viloyatda jami 15386 nafar fuqaro uy karantinida bo‘lgan. 9414 nafari ushbu muddatni o‘tagan. Hozirda esa 5972 nafar fuqaro uy karantinida saqlanmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют