» » Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib keluvchi yangi charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinadi

Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib keluvchi yangi charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinadi


Ayni paytda xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan va vatanga qaytish istagidagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish bo‘yicha charter reyslarini tashkil qilish masalasida Respublika maxsus komissiyasining alohida qarori qabul qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik tomonidan Respublika maxsus komissiyasi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan barcha cheklov choralarini 2020-yil 10-mayga qadar uzaytirganini ta’kidlab o‘tgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistondagi xorijiy fuqarolarga berilgan viza muddatlari joriy yilning 1-iyuniga qadar avtomatik tarzda uzaytiriladi. Muayyan muddatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan davlatlar fuqarolariga, belgilangan muddat tugagan taqdirda, istisno tariqasida mamlakatdan chiqib ketishga joriy yilning 1-iyuniga qadar ruxsat beriladi, ularga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.

Qayd etilishicha, yangi charter reyslar tashkil etish to‘g‘risidagi Respublika maxsus komissiyasining qarori, shuningdek, charter reyslarining sanasi va yo‘nalishlari to‘g‘risida rasmiy manbalar orqali qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Avvalroq xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan va vatanga qaytish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati tuzilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Koronavirus sababli Rossiyada og‘ir hayot sharoitlariga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun “Saxovat” markazi tashkil etildi. Shuningdek, Turkiyaning Istanbul shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam aksiyasi uyushtirilgani xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Senat raisi Tanzila Norboyeva Rossiyadan o‘zbekistonlik migrantlar masalasida yordam so‘ragandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-aprel kuni mehnat muhojirlarining ish patenti muddati 15-iyungacha uzaytirish to‘g‘risida farmon imzoladi.

Mavzuga doir: Tojikistondagi O‘zbekiston fuqarolariga koronavirus sababli viza muddatini uzaytirish imkoniyati yaratildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют