» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 269 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 269 nafarga yetdi


Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan navbatdagi 8 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular 21-aprel kuni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tuzalganlarning 5 nafari Andijon shahridan, 3 nafari esa Jalaquduq tumanidan. Ulardan 4 nafari — erkaklar, yana 4 nafari — ayollar. Ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ular orasida eng kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 9 yoshda.

Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusdan tuzalganlar soni 21 nafarga yetdi. Ayni paytda O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 269 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют