» » Farg‘ona, Buxoro va Xorazmda yana 24 kishi koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 293 nafarga yetdi

Farg‘ona, Buxoro va Xorazmda yana 24 kishi koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 293 nafarga yetdi


Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan 5 nafar bemor sog‘aydi. Ular 21-aprel, seshanba kuni, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sog‘ayganlarning barchasi Turkiyadan kelgan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ularning 2 nafari Toshkent shahridan, shuningdek, tuzalganlar qatoridan Qashqadaryo, Toshkent va Andijon viloyatlarida yashovchi 1 nafardan fuqaro o‘rin olgan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng kattasi 41 yoshda, eng kichigi 20 yoshda.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha shu paytga qadar koronavirusdan tuzalganlar soni 11 nafarga yetdi.

Shuningdek, 21-aprel kuni Buxoro viloyatida yana 15 nafar, Xorazm viloyatida esa 4 nafar koronavirus bilan og‘rigan bemor butkul sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Buxoroda shifo topganlarning 7 nafari Rossiyadan, 4 nafari esa Turkiyadan charter reyslar orqali viloyatga olib kelingan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Tuzalganlardan 11 nafari erkak, 4 nafari esa ayol. Bemorlarning 6 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Buxoro va 2 nafari Surxondaryo viloyatidan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan bo‘lgan 1 nafardan bemor ham tuzalgan. Ular orasida eng kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 16 yoshda.

Shu tariqa, Buxoro viloyatida koronavirusdan tuzalganlar soni 83 nafarga yetdi.

Xorazm viloyatida tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan kelgan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ularning 3 nafari ayol, 1 nafari erkak bo‘lib, 2 nafari Buxoro viloyatidan, Samarqand va Andijon viloyatlaridan bo‘lgan 1 nafardan fuqaro ham sog‘aygan. Ular orasida eng kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 27 yoshda.

Xorazm viloyatida ayni paytga qadar 10 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlarning umumiy soni 293 nafarga yetdi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 269 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir kishi vafot etdi, qurbonlar soni 6 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 nafarni tashkil etmoqda. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют