» » Rossiyada do‘stining mashinasini mast holatda boshqargan o‘smir 11 avtomobilga ziyon yetkazdi

Rossiyada do‘stining mashinasini mast holatda boshqargan o‘smir 11 avtomobilga ziyon yetkazdi


Rossiyaning Vladivostok shahrida 16-aprel, yakshanba kuni do‘stining mashinasini mast holda boshqargan o‘smir 11 avtomobilni shikastladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Voqea joyiga yetib kelgan yo‘l harakati xavfsizligi (YHX) xodimlari Toyota Crown avtomobilini boshqargan 16 yoshli haydovchi uylar orasidagi tor yo‘lakda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l bo‘yida turgan mashinalar bilan 8 ta yo‘l-transport hodisasini sodir etganini aniqladi. Natijada 11 avtoulov shikastlangan, jarohatlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.

Olib borilgan ekspertiza o‘smir alkogol ta’siri ostida ekanini aniqladi. 16 yoshli yigit boshqargan avtomobil uning 1991-yilda tug‘ilgan do‘stiga tegishli edi.

“Politsiyaning tekshiruv materiallari voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanadigan komissiyaga yuboriladi va u yerda tartibbuzar va uning ota-onasiga qo‘llanadigan jazo bo‘yicha qaror chiqariladi. O‘smirning ota-onasi, shuningdek, shikastlangan mashina egalariga moddiy zararni qoplab berishi kerak bo‘ladi”, – deya aniqlik kiritdi Primorsk o‘lkasi bo‘yicha IIV boshqarmasi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют