» » Namanganda 20 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Ular orasida 2 nafar tibbiyot xodimi ham bor

Namanganda 20 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Ular orasida 2 nafar tibbiyot xodimi ham bor


Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21-aprel, seshanba kuni, koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 20 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Tuzalganlarning barchasi Namangan shahridan. 19 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, bir nafari Turkiyadan charter reys orqali kelgan.

Bemorlarning 7 nafari — erkaklar, 13 nafari esa ayollar. Eng yoshi kattasi 70 da bo‘lsa, eng kichigi 5 yoshda. Ular orasida 2 nafar tibbiyot xodimi — shifokor va hamshira ham bor.

Davolash muolajalaridan keyingi tekshiruvlar ularning xastalikdan xalos bo‘lganini ko‘rsatdi.

Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shu tariqa, Namanganda koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni 43 kishiga yetdi. Bemorlarning jami soni 158 kishini tashkil etayotgandi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 293 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir kishi vafot etdi, qurbonlar soni 6 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 nafarni tashkil etmoqda. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют