» » Qashqadaryoda Spark va “ZIL” to‘qnashdi. Spark haydovchisi vafot etdi

Qashqadaryoda Spark va “ZIL” to‘qnashdi. Spark haydovchisi vafot etdi


20-aprel, dushanba kuni, soat 21:45 larda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududi Spark va “ZIL MMZ554” avtomobillari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi.

Ichki ishlar vazirligi YHXBB xabariga ko‘ra, hodisa A380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 121-kilometrida sodir bo‘lgan. 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.S. Spark rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketgan. Spark qarshisidan kelayotgan, 1979-yilda tug‘ilgan haydovchi D.X. boshqaruvida bo‘lgan yuk transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.

Spark haydovchisi Sh.S. tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 16-aprel kuni Xorazmda Nexia traktor tirkamasiga “yetib olishi” oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Zangiotada stikersiz ikkita mashina o‘zaro to‘qnashuv sodir etdi. Haydovchilardan biri vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют