» » AQShda koronavirusni davolash bo‘yicha 70 dan ortiq usullar sinovdan o‘tkazilmoqda

AQShda koronavirusni davolash bo‘yicha 70 dan ortiq usullar sinovdan o‘tkazilmoqda


AQShda koronavirusni davolash bo‘yicha 70 dan ortiq turli usuldan foydalanilmoqda. Bu haqda prezident Donald Trampga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Hozirda AQShda 72 ta faol sinovlar o‘tkazilmoqda, o‘nlab terapevtik usullar va davolash yo‘llari tadqiq qilinmoqda, yana 211 tasi rejalashtirish jarayonida. Gap davolash va vaksinalar haqida ketmoqda”, — deydi prezident.

Trampning o‘zi ham davolash usullarini afzal ko‘rishini, bu odamlarga tezroq yordam berishini bildirgan.

Avvalroq tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi vaksinani yaratish pandemiya boshlanganidan hisoblansa 12—18 oy vaqt olishini ma’lum qilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 787 mingdan oshib ketdi. Amerikalik olimlarning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: Yangi COVID-19 Uxan laboratoriyasi mahsulimi? Mutaxassis javob beradi

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirlarida Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgan. 6-aprel kuni Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilingan. Britaniyada esa hali klinik sinovdan o‘tkazilmagan koronavirus vaksinasini ommaviy ishlab chiqarish boshlanishi ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют