» » O‘zbekistonda 21-aprel kuni 96 kishi koronavirusdan tuzaldi. Mamlakatda tuzalganlar soni 357 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 21-aprel kuni 96 kishi koronavirusdan tuzaldi. Mamlakatda tuzalganlar soni 357 nafarga yetdi


Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 21 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular 21-aprel, seshanba kuni, Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shifo topganlarning 8 nafari Rossiyadan Toshkentga kelgach “Sokol” oromgohiga karantinga olingan, 1 nafari Fransiyadan, yana 1 nafari esa BAAning Dubay shahridan kelgan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Qolgan 11 kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yutirib olgan.

Bemorlarning 11 nafari erkak, 10 nafari ayol. 13 nafari Toshkent shahrida yashaydi. Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan 2 nafardan, Navoiy, Xorazm va Toshkent viloyatlaridan esa 1 nafardan bemor tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. Ular orasida eng kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 11 yoshda. So‘nggi tekshiruvlar ushbu bemorlarda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ushbu klinikada shu paytga qadar 50 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida ham koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul sog‘ayib, 21-aprel kuni Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 3 nafari Moskva—Toshkent , 1 nafari Istanbul—Toshkent yo‘nalishida charter reys orqali kelgan va karantinga olingan. Qolgan 6 kishi esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Bemorlarning 5 nafari erkak, 5 nafari ayol. 9 nafari Toshkent shahrida yashaydi, 1 nafari Xorazm viloyatidan. Ular orasida eng kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 11 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shu paytga qadar 42 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi.

Bundan tashqari, 21-aprel kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan bemorlardan yana 13 nafari ham butkul sog‘aydi va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Mazkur tibbiy muassasada sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. 11 nafari Toshkent shahridan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan 1 nafardan bemor ham sog‘aygan. Bemorlardan 1 nafari charter reysda Turkiyadan Toshkentga kelgan. Qolgan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ular orasida eng kattasi 71 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 2019-yilda tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalaridan keyingi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar soni 357 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 21-aprel kuni mamlakat bo‘yicha 96 nafar bemorning tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatilgani haqida xabar berdi. Xususan, Andijon viloyatida 8 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 15 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar hamda Toshkent shahrida 44 nafar bemor reabilitatsiyaga kuzatildi.

O‘zbekistonda 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda koronavirusdan vafot etganlari soni 21-aprel kuni olti kishiga yetdi, Namanganda 73 yoshli erkak vafot etdi. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют