» » Mahalla vazirligi: “Homiylik markazlari tomonidan 199 mingdan ziyod oilaga salkam 23 mlrd so‘mlik mahsulotlar yetkazildi”

Mahalla vazirligi: “Homiylik markazlari tomonidan 199 mingdan ziyod oilaga salkam 23 mlrd so‘mlik mahsulotlar yetkazildi”


Hozirga qadar Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga 1197 qisqa raqami orqali 174 ming 764 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda 21-aprel kuni AOKA shtabida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Boymirzayeva brifing davomida vazirlik hamda uning hududiy boshqarmalari qoshida tashkil etilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari amalga oshirayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Ko‘pchilikka ma’lumki, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari joriy yilning 1-aprel sanasidan o‘z faoliyatini boshladi. Hozirga qadar markazlarga 1197 qisqa raqami orqali 174 ming 764 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 159 ming 113 tasi oziq-ovqat, 10 ming 631 tasi dori-darmon mahsulotlari olish, qolgani esa boshqa masalalar yuzasidan qilingan murojaatdir.

20-aprel holatiga ko‘ra, ushbu markazlar yordamida respublikadagi 199 ming 222 ta oilaga homiy tashkilot va fuqarolar tomonidan taqdim qilingan 22 milliard 986 million so‘mlik ijtimoiy yordam mahsulotlari yetkazib berildi.

Mahsulotlarni aholi xonadoniga yetkazish uchun 500 dan ortiq avtomashina jalb qilingan. Bundan tashqari 1 ming 600 nafardan ziyod ko‘ngillilar va MFY raislari ham faollik ko‘rsatmoqda. Ular, albatta, sanitar-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilmoqda”, — dedi Saodat Boymirzayeva.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют