“Real”ning 2019-yil La Ligada urgan eng chiroyli 5 ta goli bitta sahifada (video)
“Daryo” futbol muxlislarining talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib kelmoqda. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida Madridning “Real” klubi futbolchilari tomonidan La Liga doirasida 2019-yildagi eng chiroyli gollari taqdim etiladi. Gollar reytingi beIN Sports talqiniga ko‘ra tuzib chiqilgan.
2018/19-yilgi mavsumning so‘nggi tur o‘yinlaridan birida “Real” Brahimning ushbu chiroyli golidan keyin oldinga o‘tib oladi. Biroq keyinchalik Xesus Valyexo qizil kartochka oladi oladi va madridliklar o‘z darvozasidan uchta to‘p olib chiqadi.
Fevral oyida kechgan bahsda Kazemiro chalqancha usulda zarba bergan holda dunyoning eng yaxshi darvozaboni Yan Oblakni dog‘da qoldiradi.
Hozirda “Arsenal” safida ijarada o‘ynayotgan Dani Sebalyos Vigodagi bahsning so‘nggi daqiqalarida individual mahorat evaziga jarima maydoniga yaqinlashib borgan va uzoq masofadan yuqori burchakni aniq nishonga olgandi.
Kazemiro keskinlik oshib borayotgan o‘yinning 78-daqiqasida ajoyib gol urgan holda madridliklarning g‘alabasiga hissa qo‘shgandi. Tomash Vatslik harchand urinmasin to‘pni qaytarib yuborishga ulgurmagandi.
Joriy mavsumning debyut o‘yinidagi mazkur gol nafaqat chiroyli ekani bilan, balki muhimligi bilan ham ajralib turadi. Birinchi bo‘limdagi gol evaziga minimal ustunlik bilan oldinda borayotgan “Real” 56-daqiqada Luka Modrichning chetlatilishidan keyin bir kishi kam bo‘lib qoladi. Oradan besh daqiqa o‘tib Toni ushbu golni uradi hamda vaziyatni yumshatishga erishadi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz