» » Organizmga D vitamini yetishmasligining 6 alomati

Organizmga D vitamini yetishmasligining 6 alomati


Quyosh nuri nafaqat yaxshi kayfiyat uchun balki sog‘lik uchun ham o‘ta muhim hisoblanadi. Quyosh nuridan 20 daqiqa bahra olish D vitaminining sutkalik me’yorini qoplaydi. Ushbu vitamin yetishmasligi sog‘liqda bir qancha muammolar keltirib chiqaradi. Cosmopolitan nashri qanday alomatlar kuzatilsa, D vitamini yetishmasligiga to‘xtaldi.

Tushkunlikka tushish

Amerikaning geriatrik psixiatriya jurnalida yozilishicha, D vitamini yetishmaydigan kishilar tez-tez depressiyaga tushishi kuzatiladi. Chunki, tanada yetarli darajada vitamin bo‘lmagan taqdirda baxt garmoni serotonin ishlab chiqarilmaydi. Seratoninning kamligi esa kishini melanxoliyaga bo‘lgan moyilligini oshiradi.

Vazn ortishi

Quyosh nurining yetarli bo‘lmasligi vazn ortishiga olib keladi. Buning sababi D vitamini organizmdagi metabolizmni yaxshilaydi. Gap shundaki, moddalar almashinuvida azot oksidining ahamiyati katta bo‘lib, aynan D vitamini uni ishlab chiqarilishida ahamiyatli.

Suyaklarda og‘?riq kuzatiladi

Suyaklarda og‘riq kuzatiladi. Ba’zida shifokorlar D vitamini yetishmaydigan bemorlarga yanglishib, artrit yoki fibromialgiya tashxisini qo‘yadi. Aslida esa organizmda D vitamini miqdori ko‘paytirilsa suyak va mushaklardagi og‘riq to‘xtaydi.

Tez-tez kasal bo‘lish

D vitaminining yana bir xususiyati immun tizimini mustahkamlaydi. Gap shundaki, yetarli miqdorda quyosh nurini qabul qilmaslik oqibatida turli kasalliklarga chalinish ehtimoli ko‘payadi. Hatto oddiy shamollash ham organizmni holsiz qilib qo‘yishi mumkin. Shu bois turli yo‘llar bilan bo‘lsa ham ushbu vitaminni qabul qiling: tarkibida D vitamini bo‘lgan taomlar yoki dorixonalarda sotiladigan vitamindan olib iste’mol qiling yoki quyosh nurida to‘yingan suvga vanna qiling.

To‘yib uxlamaslik

Yetarlicha uxlolmasligingiz boisini bilmoqchi bo‘?lsangiz o‘?ylab ko‘ring: yetarli darajada quyosh nuridan bahra olasizmi? Chunki aynan ushbu vitamin tanqisligi sabab uyqusizlik kuzatilishi mumkin. Befarq bo‘lmang, shifokor bilan bu borada maslahatlashing, uyquning yetarli va me’yorida bo‘lmasligi jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Terlash

Yana bir simptomlardan biri sababsiz tez-tez terlashning kuzatilishi. Agar anchadan beri besabab peshonangizni ter bosayotganini sezgan bo‘lsangiz, befarq bo‘lmasdan zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

Immunitetni ko‘tarish uchun uyda jismoniy tarbiya mashqlarini bajaring. Agar sizda yuqoridagi alomatlar kuzatilgan bo‘lsa, darhol dorixonaga chopmang, tabiiy ravishda quyosh nuridan bahra olishga harakat qiling. Dori-darmon borasida shifokor tavsiyasisiz o‘zboshimchalik qilish yaramaydi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют