» » Vladikavkazda izolyatsiya rejimi sabab qiyin ahvolda qolgan aholi ommaviy norozilik o‘tkazdi

Vladikavkazda izolyatsiya rejimi sabab qiyin ahvolda qolgan aholi ommaviy norozilik o‘tkazdi


Shimoliy Osetiya (Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika) poytaxti Vladikavkaz shahrida izolyatsiya rejimi sababli qiyin ahvolda qolgan aholi 20-aprel kuni ommaviy norozilik o‘tkazdi. “RBK”ning xabar berishicha, unda bir yarim mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, ular hukumatdan respublikada amalda bo‘lgan o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimidan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlashni hamda Shimoliy Osetiya rahbari Vyachaslav Bitarovni iste’foga chiqarish, uning o‘rniga vaqtinchalik rahbar tayinlashni so‘ragan.

“Nima bo‘lgan taqdirda ham bu chiqish noqonuniy edi, bu birinchidan. Eng muhimi esa, bu epidemiologik jihatdan salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin”, — degan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Shu bilan birga, odamlar gapiga diqqat bilan quloq tutish ham muhimligini ta’kidlagan.

Uning aytishicha, hukumat joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni kuzatmoqda. “Albatta, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat bizning mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Iqtisodiy hayotning barcha ishtirokchilari qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Shubhasiz, qiyin, ayniqsa hozir, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish  davrida qiyin”, — degan u.

Xabarda aytilishicha, namoyishchilar bilan uchrashgan Vyachaslav Bitarov respublikaning kam ta’minlangan aholisi va COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi sababli ishsiz qolganlarga zarur yordam ko‘rsatilishini va’da bergan.

Shimoliy Osetiyada mahalliy hokimlik qaroriga binoan, (ayrim istisnolardan tashqari) chakana savdo do‘konlari va bozorlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, go‘zallik salonlari, massaj salonlari, hammomlar, saunalar 30-aprelgacha to‘xtatilgan. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport obyektlari, klublar, to‘garaklar va sayyohlik markazlari vaqtincha yopilgan.

Mavzuga doir: Rossiyada bir sutkada koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют