» » Angliyada shifokorlarning yordami bilan 206 kiloga ozgan erkak ularga minnatdorchilik tariqasida kasalxonaga ishga kirdi

Angliyada shifokorlarning yordami bilan 206 kiloga ozgan erkak ularga minnatdorchilik tariqasida kasalxonaga ishga kirdi


Angliyaning Derbi shahrida yashovchi 323 kilogrammli erkak vaznining uchdan ikki qismini tashlab, kasalxonaga ishga joylashdi, deb yozadi Daily Mail.

To‘rt yil avval 38 yoshli Pol Stivenson yurishga qiynalar, semizligi tufayli deyarli uydan chiqmasdi. Onasining o‘limidan so‘ng u zararli yeguliklarga ruju qo‘ydi hamda 323 kilogrammgacha semirib ketdi.

2016-yilda uning oshqozoni jarrohlik aralashuvi bilan kichraytirildi, shundan so‘ng Pol ko‘p ovqat yeyolmay qoldi.

Stivensonga parhez yozib berishdi va sport bilan shug‘ullanishga majbur qilishdi. U umumiy hisobda 209 kilogramm vazn tashlab, hozirda uning og‘irligi 114 kilogrammni tashkil etmoqda.

Britaniyalik shundan so‘ng o‘zini normal hayotga qaytargan shifokorlarga minnatdorchilik tariqasida shifoxonaga ishga kirib, ularga yordam berishga qaror qildi.

“Bu mening 15 yildan beri birinchi ishim. Sog‘lig‘im bilan bog‘liq muammolar tufayli boshqa ishlay olmasam kerak, deb o‘ylagandim. Hozir menga katta yordami tekkan shifokorlarga yordam berish uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilishga tayyorman”, — deydi Stivenson.

Stivenson hamma bo‘lim shifokorlariga yordam beradi. 12 soatlik ish kuni mobaynida u 37 ming qadam tashlaydi.

“O‘n qadam ham yura olmagan inson uchun 37 ming qadam bosish katta natija. Boshida charchoqdan kasal bo‘lib qolsam kerak deb o‘ylagandim, lekin hammasi joyida”, — deydi erkak.

Mavzuga doir: Ikki haftada qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют