» » Kaliforniyada kechki bazmda yuz bergan otishma oqibatida 9 nafar o‘smir jabrlandi

Kaliforniyada kechki bazmda yuz bergan otishma oqibatida 9 nafar o‘smir jabrlandi


Kaliforniya shtatining Valyexo shahrida 16-aprel, yakshanba kuni yoshlarning kechki bazmi o‘tkazilayotgan uy yaqinida yuz bergan otishma oqibatida to‘qqiz nafar o‘smir jarohat oldi. Bu haqda shahar politsiyasi vakili Kevin Bartlett ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, bazm yakuniga yetib qolgan va odamlar uydan chiqa boshlaganda shu yerdan o‘tib ketayotgan avtomobil 50 ga yaqin odamlar to‘dasini o‘qqa tutgan. O‘smirlardan sakkiz nafari o‘q uzish oqibatida yaralangan bo‘lsa, yana bir kishi qo‘rquv tufayli yuzaga kelgan tiqilinchda yaralandi.

Jabrlanganlarning barchasi o‘smirlar bo‘lib, ular shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan eng kichigi 13 yoshda. Otishma kamida ikki kishi tomonidan amalga oshirilgan. Ular voqea joyidan avtomobilda yashiringan va hozirda qidirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют