» » Mahalla vazirligi: “Karantin davrida MFYlarda kiyim-kechak savdosini ham tashkil etishga ruxsat berildi”

Mahalla vazirligi: “Karantin davrida MFYlarda kiyim-kechak savdosini ham tashkil etishga ruxsat berildi”


O‘zbekistonda karantin vaqti bo‘lishiga qaramay, mahallalarda oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari kiyim-kechak, xo‘jalik mollari savdosi ham asta-sekin yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda 21-aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash vazirligi rasmiysi so‘z yuritdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.

“Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida hozirga qadar joriy etilgan barcha cheklovlarning shu yilning 10-mayiga qadar uzaytirganligini hisobga olib, aholi uchun bir nechta qulayliklar yaratildi. Jumladan, nooziq-ovqat buyumlar (kiyim-kechak, xo‘jalik mollari, ko‘chatlar va h.k.) savdosini tashkil etishga ruxsat berildi. Mazkur sayyor savdo nuqtalariga mahallalar ham kiritildi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, bunday ko‘chma savdolarda ijtimoiy masofa (2 metr) saqlanishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq amal qilinishi majburiy etib belgilandi”, — dedi vazirlik axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют