» » “Barselona” stadioni nomini sotadi va mablag‘ni koronavirusga qarshi kurash uchun sarflaydi

“Barselona” stadioni nomini sotadi va mablag‘ni koronavirusga qarshi kurash uchun sarflaydi


“Barselona” tarixda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi kurash uchun stadioni nomini sotadi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Stadionni nomlash huquqini sotishdan tushgan pul pandemiyaga qarshi kurashayotgan Ispaniya va xalqaro tadqiqot markazlariga xayriya qilinadi.

“Kamp Nou” sig‘imi bo‘yicha (99 354 tomoshabin) Yevropadagi eng katta stadion hisoblanadi va u hech qachon homiy nomi bilan atalmagan.

“Biz zamoniviy tarixda kuzatilmagan global inqirozga duch keldik. Shu sabab qat’iyatli bo‘lishimiz va xotirjamlik bilan maassulyatni o‘zimizga olishimiz darkor. Mavjud resurslarni pandemiya va uning oqibatlariga qarshi kurash yo‘lida ishlatishimiz kerak”, — deydi “Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют