» » Davlat soliq qo‘mitasi yirik soliq to‘lovchilarga stiker berilishini ma’lum qildi

Davlat soliq qo‘mitasi yirik soliq to‘lovchilarga stiker berilishini ma’lum qildi


Davlat soliq qo‘mitasi karantin davrida korxonalar ishini yengillashtirish va uzluksiz faoliyat yuritishi uchun maqbul sharoitlar yaratish maqsadida yirik soliq to‘lovchilarning transport vositalariga maxsus ruxsatnoma (stiker) berishni boshlaydi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, stikerlar yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi korxonalar xodimlarining shaxsiy yoki xizmat avtotransport vositalari uchun beriladi.

Ruxsat beruvchi hujjatni olish uchun faqat onlayn tarzda elektron soliq xizmatlari portali (“my.soliq.uz”)da soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali maxsus anketani to‘ldirib, ariza berish mumkin.

Avtotransportda harakatlanish uchun kerak bo‘ladigan maxsus QR-kodli ruxsatnomani printer orqali chop etish lozim. U ariza yuborilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida shakllantiriladi. Ruxsat berish uchun hech qanday to‘lov olinmaydi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan har bir soliq to‘lovchiga alohida stiker kvotalari belgilanadi. Maxsus ruxsatnoma u olingan kundan boshlab 30 kun mobaynida harakatlanish huquqini beradi.

Avtotransport vositasidan foydalanish uchun ruxsat beruvchi stiker olgan xodimlar mehnat daftarchasining nusxasi va ish joyidan berilgan tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi kerak. Xodimlarga faqat belgilangan yo‘nalish bo‘yicha xizmat maqsadlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha transport vositasidan foydalanishga ruxsat beriladi, deyilgan DSQ xabarida.

Mavzuga doir: 

Avval asalarichilarning shaxsiy avtomobilda Toshkent viloyatidagi karantin postlaridan o‘tishiga ruxsat berilgani, IIV karantin vaqtida stikersiz avtomashinani jarima maydoniga olib ketilishining qonuniyligi haqida ma’lumot bergani, Toshkentda maxsus stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют