» » Brent neftining narxi 18 yil ichida birinchi marta 19 dollardan pastga tushdi

Brent neftining narxi 18 yil ichida birinchi marta 19 dollardan pastga tushdi


Brent markali neft narxi 21-aprel kuni Londonning ICE birjasida yaqin oradagi shartnomalar uchun 26,24 foizga arzonlashib, bir barrel uchun 19,09 dollarga tushdi. Savdolar chog‘ida iyun oyi shartnomalari uchun Brent markali neft narxi bir barrel uchun 19 dollardan ham pastga tushgan hamda so‘nggi 18 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda may oyida yetkazib beriladigan WTI markali neftning narxi tarixda birinchi marta manfiy qiymatga tushdi. Bozor ishtirokchilari muddati 21-aprelda tugaydigan shartnomalar bo‘yicha neftni sotgan. Savdolar chog‘ida neft narxi bir barrel uchun -40 dollargacha tushgan, ya’ni sotuvchilar sotib olingan har bir barrel neft uchun xaridorlarga 40 dollardan to‘lagan. 20-apreldagi WTI nefti savdolari bir barrel uchun -37,63 dollar bilan yakunlangan. Neftning narxi bir kunda 305 foizga yoki bir barrel uchun 55,9 dollarga arzonlashgan.

WTI nefti narxining bunday arzonlashishi neftga bo‘lgan talabning pasayishi va to‘lib ketgan neft saqlovchi sig‘imlarni bo‘shatishga bo‘lgan urinish bilan izohlandi. Biroq keyinroq WTI neft markasini may oyida yetkazib berish borasidagi fyucherslar narxi musbat qiymatga qaytdi. NYMEX birja savdolarida neft narxi 1,40 dollarga chiqqan. WTI’ning iyun oyidagi fyucherslari esa 21,33 dollarga qadar ko‘tarilgan.

Narxlarning umumiy pasayish fonida Rossiyaning Urals nefti narxi 20-aprel kuni 1 foizga oshdi va savdolar bir barrel uchun 18,4 dollar bilan yakunlandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov neft bozoridagi vaziyatga munosabat bildirib, Rossiyada mazkur tebranishlarning oqibatlarini kamaytirish uchun yetarli zaxira borligini aytgan.

Avvalroq OPEK+ kelishuvidan so‘ng Brent markasidagi neft narxi 30 dollardan pastlagani haqida xabar berilgandi. Keyinroq London birjasida Brent markali neft narxi 2003-yildan beri ilk bora 27 dollardan pastlagandi.

Mavzuga doir: “OPEK, Rossiya va shu kabi siyosiy sabablar bu yerda umuman rol o‘ynamaydi”. Behzod Hoshimov jahon neft bozoridagi vaziyat haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют