» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1678 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1678 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 21-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 21 kishiga oshib, 1678 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq, 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1657 taga yetgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 357 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi. Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют