» » 1500 ot kuchiga ega Triton elektroyo‘ltanlamasi bir marta quvvatlanish orqali 1127 km yo‘l bosadi

1500 ot kuchiga ega Triton elektroyo‘ltanlamasi bir marta quvvatlanish orqali 1127 km yo‘l bosadi


Amerikaning Triton Solar startapi o‘zining ilk modelini taqdim etdi: 1500 ot kuchiga ega ulkan yo‘ltanlamasga to‘rtta elektromotor o‘rnatilgan. Loyiha Triton Model H nomini oldi, deb xabar beradi Motor.

Startap dizaynini yaratishda Cadillac Escalade’ga asoslanilganini ko‘rish mumkin: elektromobil old qismi va kuzov shakli ushbu modelni yodga soladi. Triton uzunligi 5690 millimetrni, g‘ildiraklar bazasi esa 3302 millimetrni tashkil etadi. Salon sakkiz kishiga mo‘ljallangan. 2,4 tonna keladigan yo‘ltanlamas yetti tonnali tirkamani tortishga qodir.

Triton Solar yo‘ltanlamasi uchun umumiy quvvati 1500 ot kuchiga ega to‘rtta elektromotor tayyorlangan bo‘lib, 200 kilovatt/soat quvvatli batareyalar yordamida harakatga keladi. Bu kabi motorga ega elektromobil soatiga 60 mil (97 km/soat) tezlikka 2,9 soniyada chiqa oladi. Bir marta quvvatlanish orqali mashina 1127 kilometr yo‘l bosishga qodir.

Kompaniya Triton Model H uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Buyurtmani rasmiylashtirish uchun depozitga 5000 dollar qo‘yish va keyingi besh kun davomida modelning to‘liq narxi — 135 ming dollar to‘lanishi kerak.

Triton Solar hozircha model prototipini ham, seriyali versiyasini ham taqdim etgani yo‘q, faqatgina 3D-modeli va texnik tavsiflari bilan cheklangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 126) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют