» » Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2,5 milliondan oshdi

Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2,5 milliondan oshdi


Butun dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning soni 2 501 156 nafarga yetdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumot bergan.

Pandemiya boshlanganidan beri koronavirusdan vafot etganlar soni 21-aprel soat 21:30 holatiga ko‘ra, 171,8 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Universitet 15-aprelda COVID-19 bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘yicha 2 million nafardan oshganini ma’lum qilgandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa 19-aprel kuni dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2,24 milliondan oshganini bildirgan.

Mavzuga doir: 

Koronavirusga eng ko‘p chalinish holatlari bo‘yicha AQSh reytingda yetakchilik qilmoqda. Qo‘shma Shtatlarda 788 920 ta kasallanish holati qayd etilgan. 42,4 ming nafar kishi koronavirusdan vafot etgan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha kuchli o‘ntalikka Ispaniya (204,1 ming kishi), Italiya (181,2 ming nafar), Fransiya (156,4 ming nafar), Germaniya (147,5 ming nafar), Buyuk Britaniya (125,8 ming nafar), Turkiya (90,9 ming nafar), Eron (84,8 ming nafar), Xitoy (83,8 ming nafar) va Rossiya (52,7 ming nafar) kirgan.

Koronavirus Rossiyaning barcha hududlarida aniqlangan. Oxirgi bir sutka ichida 21-aprel holatiga ko‘ra mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 5642 ta yangi holat qayd etilgan, kasallanganlarning umumiy soni 52 ming nafardan oshib ketgan. COVID-19’ga chalingan kishilar soni bo‘yicha Moskva (29 433 ming nafar) yetakchilik qilmoqda. Rossiya tezkor shtabi bergan ma’lumot bo‘yicha mamlakatda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan beri 456 kishi koronavirus oqibatida dunyodan ko‘z yumgan.

O‘zbekistonda 21-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 1678 nafarni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning olti nafari vafot etdi, 357 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют