» » Rossiyalik ekspert Trampning immigratsiyani to‘xtatish haqidagi bayonotiga izoh berdi

Rossiyalik ekspert Trampning immigratsiyani to‘xtatish haqidagi bayonotiga izoh berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Qo‘shma Shtatlarga immigratsiyani vaqtincha taqiqlash haqidagi qarorni imzolashi haqida xabar berilgan edi. Rossiyaning Xalqaro ishlar bo‘yicha kengashi dasturiy direktori Ivan Timofeyevning ma’lum qilishicha, bu qarorning imzolanishi o‘z ortidan jiddiy o‘zgarishlarni olib kelmaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Donald Tramp o‘z bayonotida amerikalik fuqarolarning ishchi o‘rinlarini saqlab qolish uchun mamlakatga immigratsiyani to‘xtatish haqidagi farmonni imzolashini aytgan.

Timofeyevning aytishicha, Tramp mazkur farmonni imzolashi mumkin. Ayni paytda chegaralarni yopish ko‘plab davlatlar uchun majburiy chora hisoblanadi, shuning uchun Tramp farmonni imzolashda koronavirusdan sabab sifatida foydalanishi mumkin.

Ekspertning qayd etishicha, mazkur farmonni imzolashda Tramp va respublikachilar uchun ikkita muhim jihat bor. Birinchisi — Trampning America First (Amerika birinchi) shiori va amerikaliklarni ishchi o‘rinlari bilan ta’minlash. Ayniqsa, hozirgi muqarrar iqtisodiy inqiroz sharoitida ishsizlik ortishi mumkin, bo‘shagan ish o‘rinlarini esa ishidan ayrilgan AQSh fuqarolari egallashi mumkin.

Yana bir jihat AQSh va Meksika chegarasidagi noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq, respublikachilar mazkur chegarada nazoratni kuchaytirishga erishmoqda. Tramp mazkur chegarada nazoratni kuchaytirishda ham vaziyatdan foydalanishi mumkin.

“U shunday huquqqa ega, u epidemiologik sabablar bo‘yicha chegarani yopadi. Biroq Amerika iqtisodiyoti koronavirusdan xalos bo‘lgach, mamlakatga migrantlar kerak bo‘ladi. Bu konyuktura bilan bog‘liq qadam, uzoq vaqtga mo‘ljallangam fundamental o‘zgarish bo‘ladi, deb o‘ylamayman”, — deb ta’kidlagan ekspert.

Ayni paytda AQSh koronavirusga chalinganlar va undan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 787 ming kishidan oshgan, 72 mingdan ortiq bemor tuzalgan, 42 mingdan ortiq odam vafot etgan. O‘tgan bir sutka ichida 1433 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Tramp koronavirus sabab bir oydan buyon Oq uydan chiqmayotganini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют