» » Farg‘onada hamshiralarning tez yordam mashinasini yuvayotgani haqidagi xabar yuzasidan rasmiy izoh berildi

Farg‘onada hamshiralarning tez yordam mashinasini yuvayotgani haqidagi xabar yuzasidan rasmiy izoh berildi


Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi “Daryo”da e’lon qilingan maqolaga munosabat bildirib, hamshiralarning tez yordam mashinasini yuvishi haqidagi gapni rad etdi. Ammo shifokorlar va hamshiralar yuvinish xonasidagi muammoni tan olib, bartaraf qildi.

2016-yilda shtatlar jadvalidagi o‘zgarishlarga ko‘ra, tez yordam brigadalaridagi mavjud sanitarlik o‘rinlari qisqartirilgan. Sanitar xodimlarning ma’lum vazifalari, jumladan, tez yordam mashinalarini yuvish me’yoriy hujjatlarga ko‘ra haydovchilar zimmasiga yuklatilgan. Bu ish uchun haydovchilarga 30 foiz ustama to‘lanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, avtomashina ichida zarur sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ta’minlashga navbatda turgan hamshira mas’ul qilib belgilangan.

Ma’lumki, tez yordam mashinasida shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun zarur 34 xil tibbiy uskuna, 36 xil dori-darmon joylashgan. Har bir hamshira mazkur tibbiy jihozlar va dori-darmonlarni tartibga keltirib, uskunalarni tozalab, zararsizlantirib, o‘zidan keyingi navbatchi hamshiraga topshirishi kerak.

Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, hamshiraning tez yordam mashinasining boshqa qismlarini yuvishga majburlanayotgani haqidagi gaplari asossizdir.

Bo‘limda tibbiyot qo‘lqoplari, niqoblar va bir martalik himoya kiyimlari ortig‘i bilan zaxira qilib qo‘yilgan.

Aprel oyi boshida bo‘limga 3 ming dona tibbiy niqob olib kelinib, xodimlarga muntazam tarqatib borilmoqda. Karantin e’lon qilingach, viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi tomonidan bir martalik himoya kiyimlari va ko‘zoynaklar doimiy yetkazib berilgan.

Hozirda yuqori tana harorati bilan murojaat qilgan barcha bemorlar va karantindagi fuqarolar xonadoniga xodimlar faqat maxsus himoya kiyimida jo‘natilmoqda.

Bo‘limda shifokor va hamshiralar uchun alohida xonalar ajratilgan.

Murojaatchining faqatgina bitta fikri o‘rinli. Bo‘limda yuvinish xonasi mavjud bo‘lsa-da, vaqtincha ishlamay turgandi. Bu muammo hozir bartaraf etilib, yuvinish xonasi ta’mirlandi va ishga tushirildi.

Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Eslatib o‘tamiz, “Daryo”ga shikoyat qilgan farg‘onalik hamshira Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali tez tibbiy yordam markaziy bo‘limida hamshiralar tez yordam mashinasini yuvishga majburlanishini bildirib, “Bo‘limda mashinalarni yuvish uchun yetarli sharoit yo‘q. Mashina yuvgan kiyimimizda noiloj chaqiruvga ham boramiz, bemorlar bilan muloqotda bo‘lamiz. Bu gigiyena qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi-ku. Bo‘limda yuvinish xonasi yo‘q. Kiyim almashtirish uchun alohida xona ajratilmagan,” — degandi. Vaziyatga izoh bergan bo‘lim mudiri Ramzjon Mirzarahimov esa hamshiralarning mashina yuvishini tasdiqlagandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют