» » Moskva meri koronavirus belgilari bor shaxslar bilan yashayotganlarning ko‘chaga chiqishiga ruxsat berdi

Moskva meri koronavirus belgilari bor shaxslar bilan yashayotganlarning ko‘chaga chiqishiga ruxsat berdi


Moskvada O‘RVI (O‘tkir respirator virusli infeksiya) yoki COVID-19 koronavirus infeksiyasining belgilari bo‘lgan fuqarolar bilan yashayotgan shaxslarga zarurat yuzasidan uylaridan chiqishga ruxsat berildi. “RBK”ning xabar berishicha, tegishli farmon Moskva meri Sergey Sobyanin tomonidan imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, ular yaqin-atrofdagi do‘konga, chiqindi tashlashga yoki uydan 100 metr uzoqlashmagan holda itlarini sayr qildirishga olib chiqishlari mumkin. Shu bilan birga, ular transportdan tegishli ruxsatnoma olgandan so‘ng faqat kasalxonaga borish uchun foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari, hukumat O‘RVI belgilariga ega bo‘lgan fuqarolarning geolokatsiyasini kuzatib boradi. Ularga maxsus raqamli ruxsatnoma asosida faqat tibbiy yordam olish yoki mustaqil ravishda kasalxonaga borish uchungina ko‘chaga chiqishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz,  Moskvada O‘RVI bilan xastalangan barcha bemorlar uy sharoitida 14 kun davomida karantinga olinmoqda.

Avvalroq Rossiyada bir sutkada koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha rekord yangilangani, o‘lim holatining aksariyati Moskvada qayd etilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют