» » Eronda koronavirus yuqtirib olganlar qariyb 85 mingga yetdi

Eronda koronavirus yuqtirib olganlar qariyb 85 mingga yetdi


Eron Islom Respublikasida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 85 ming nafarga yaqinlashib qoldi, qariyb 5,3 ming kishi kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Kianush Jahonpurga tayanib, xabar bermoqda IRNA agentligi.

“Ortda qolgan bir sutka davomida mamlakat miqyosida 1297 ta kasallanish holati qayd etildi. 21-aprel holatiga ko‘ra Eronda koronavirus yuqtirib olganlar soni 84 802 nafarni tashkil qilmoqda. 60695 nafar bemor kasallikdan tuzalgan”, – deya ta’kidlagan Jahonpur IRINN telekanalidagi chiqishi vaqtida.

Shuningdek, u oxirgi 24 soat ichida 88 kishi koronavirusdan vafot etganligini ham ma’lum qilgan. Shu tariqa Eron hukumati 19-fevralda mamlakatda koronavirus tarqalganini e’lon qilganidan beri kasallik oqibatida vafot etganlarning soni 5297 nafarga yetgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют