» » Samsung 600 megapikselli mobil kamera yaratish ustida ish olib bormoqda

Samsung 600 megapikselli mobil kamera yaratish ustida ish olib bormoqda


Samsung kompaniyasi mobil kameralar sifatini yanada yuqori tiniqlikka olib chiqishda davom etmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Samsung smartfonlar bozorini megapiksellar poygasiga aylantirmoqchi — barchasi 64 megapikselli birinchi modeldan boshlangan, undan keyin 108 megapikselli Mi Note 10 hamda Galaxy S20 Ultra modellari paydo bo‘ldi. Twitter’dagi mashhur Ice universe insayderining ma’lum qilishicha, kompaniya 600 megapikselli kamerani yaratish niyatida.

Samsung nima sababdan bu kabi katta pikselli sensorni taqdim etmoqchi bo‘layotgani tushunarsiz. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, ushbu modul inson ko‘zining imkoniyatlaridan ham o‘tib ketadi. Bu orqali u nima demoqchi ekanligi ham tushunarsiz.

Megapiksellar soni matritsalar o‘lchami va boshqa texnik tavsiflarsiz hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Masalan, Galaxy S20 Ultra’ga 108 megapikselli kamera o‘rnatilgan, biroq matritsasining fizik o‘lchamlari 50 megapikselli Huawei P40 Pro’nikidan ham kichkina. Bu kameraga ko‘proq rangdan foydalanish va murakkab sharoitlarda ham yaxshi suratga olish imkonini beradi.

Taxminlarga ko‘ra, 600 megapikselli kamera yaqin yarim yil ichida paydo bo‘ladi. Hozirda Samsung 192 megapikselli sensor ustida ish olib bormoqda.

Mavzuga doir: 192 megapikselli kameraga ega smartfon qachon taqdim etilishi ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Xiaomi kompaniyasi 108 megapiksel kamerali Mi Note 10 smartfonini taqdim etgandi. Aprel oyining boshlarida esa Xiaomi 144 megapikselli kameraga ega smartfon yaratish ustida ish boshlagani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют