» » Tramp Amerika neft kompaniyalariga moddiy yordam ko‘rsatishga va’da qildi

Tramp Amerika neft kompaniyalariga moddiy yordam ko‘rsatishga va’da qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp neft sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishga va’da berdi. U bu haqda Twitter’dagi akkauntida ma’lum qilgan.

“Biz AQShning buyuk neft va gaz sohasini uyaltirib qo‘ymaymiz. Energetika vaziri Den Bruyett, moliya vaziri Stiven Mnuchinga ushbu muhim kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash va ulardagi ish o‘rinlarini saqlab qolish uchun zarur mablag‘ ajratish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdim”, — deb yozgan Tramp.

20-aprel kuni Amerikaning WTI markadagi neftining may oyi uchun fyuchers narxi barrel uchun 40 dollarga pastladi. Kotirovkalarning qulashi neft saqlash joylarining to‘lib qolgani bilan bog‘liq.

Mavzuga doir: 

Tramp ushbu qulash vaqtinchalik ekani va bir oy ichida neft narxi barrel uchun 25-28 dollarga yetishiga ishonmoqda. Shunday bo‘lgan taqdirda ham narxlarning bu darajaga chiqishi xomashyo ishlab chiqarish o‘zini oqlamasligiga va bir nechta kompaniyalar inqiroziga olib keladi.

Avvalroq Oq uyda hali ishlab chiqarilmagan neft uchun haq to‘lash rejalashtirilayotgani ma’lum qilingandi. Hukumat neft zaxiralarini kompaniyalardan sotib olib, ishlab chiqarmaslikni so‘rashi mumkin. Rejadagi chora neft saqlash joylarining to‘lib qolmasligi va yarim yil ichida bozordagi ortiqcha neftdan qutulish imkonini berishi taxmin qilinmoqda.

Aprelda Amerika neftni qayta ishlash zavodlariga yetkazib beriladigan qora oltin hajmini to‘rt karra oshirgan Saudiya Arabistoni neftining mamlakatga importini cheklash ham taklif qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют