» » Navoiyda giyohvand modda qabul qilish uchun to‘plangan shaxslar ushlandi

Navoiyda giyohvand modda qabul qilish uchun to‘plangan shaxslar ushlandi


Navoiy shahrida karantin qoidalarini buzib, qo‘lbola giyohvand modda qabul qilish uchun to‘plangan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati IIB hamda Navoiy shahar IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 1972-yilda tug‘ilgan A.Yu. karantin qoidalarini qasddan buzib, sheriklari 1979-yilda tug‘ilgan N.O., 1974-yilda tug‘ilgan F.S. hamda 1977-yilda tug‘ilgan Sh.E. bilan “Dizomorfin” (Krokodil) qo‘lbola giyohvand moddasini iste’mol qilayotganida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan aybdorlar qonun doirasida tegishli tartibda jazolanadi, deyiladi IIB xabarida.

Avvalroq Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortilgani hamda qimorxona tashkil qilgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgan edi.

Mavzuga doir: IIV O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar ro‘yxatini e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют